28 yoshli Yulya Gyuntel Tataristonda tug`ilgan, ayni paytda Germaniyada yashaydi. U 10 yoshidan boshlab sirkdagi karerasini yo`lga qo`ygan.
Ayni paytda u dunyodagi eng egiluvchan ayol sifatida “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kirgan. Mazkur suratlarda ham uning o`z kasbini qanchalik mahorat bilan egallaganini ko`rib turibsiz. Zlata taxallusi bilan tanilgan bu qizning surati Ginnessning 2015 yilgi taqvimi muqovasidan ham o`rin olgan.