1

ENG EGILUVChAN ERKAK

Rekord 31.10.2017, 13:20
ENG  EGILUVChAN  ERKAK

Mozes Lanxem aynan ushbu “unvon”ga munosib ko`rildi. 49 yoshli bu erkak AQShning Michigan shtatida yashaydi. U o`z tanasini 120 darajaga ega oladi. Shu bois unga “Egiluvchan janob” deb nom berishgan. U “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kirganidan keyin ham Rimda oyog`ining orqa tomoni bilan 20 metr masofani bosib o`tgan. O`zining aytishicha oyog`ini bu taxlit egish unga hech qanday og`riq keltirmaydi. U vujudining bu g`aroyib xususiyatini 14 yoshida bilib qolgan. U gimnastika darsida arqonga osilib chiqayotib erga g`alati alfozda yiqilib tushadi. Oyog`ining g`alati qiyshayib yotganini ko`rganlar uni qattiq jarohatlangan deb o`ylashadi. Aslida unga hech narsa qilmagandi. Ana shu paytdan boshlab, u o`z xususiyatidan samarali foydalana boshlagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1