1

​PREZIDENT ShAVKAT MIRZIYoEV O`ZBEKISTONDA TA`LIM TIZIMINI YaXShILASh MAQSADIDA NAVBATDAGI QARORNI IMZOLADI

Jamiyat 28.09.2017, 10:27
Teglar: O`zbekiston, Ta`lim, Qaror, Prezident
​PREZIDENT ShAVKAT MIRZIYoEV O`ZBEKISTONDA TA`LIM TIZIMINI YaXShILASh MAQSADIDA NAVBATDAGI QARORNI IMZOLADI

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta`lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida” qarori imzolandi.

Akademik liseylarda o`quvchilar tanlagan ta`lim yo`nalishlari bo`yicha chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo`naltirilgan bilim olmoqda va har yili o`rtacha 35 mingyigit-qiz bitirib chiqmoqda. Ulardagi o`qitish tizimi oliy ta`lim muassasalariga kirish uchun salohiyatli nomzodlar kontingentini shakllantirishga yo`naltirilgan.

Bugungi kunda akademik liseylar faoliyati, joylashuvi, bitiruvchilarining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish tahlili bu sohadagi ishlarning qoniqarli emasligini ko`rsatmoqda.

Shu munosabat bilan akademik liseylar sonini optimallashtirish, ulardagi ta`lim sifati va mazmunini tubdan oshirish bo`yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurati tug`ildi.

Bu boradagi muammolarni hal etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta`lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan o`quv-metodik va moddiy-texnika bazasi talabga javob bermaydigan, oliy ta`lim muassasalaridan uzoqda joylashgan, ta`lim sifati va oliy ta`lim muassasalariga kirish ko`rsatkichlari past bo`lgan 37 ta akademik liseyga 2018/2019 o`quv yilidan boshlab o`quvchilarni qabul qilish to`xtatiladi va 2019 yil 1 sentyabridan ularning faoliyati tugatiladi;

yuqori ilmiy va pedagogik salohiyatga, zarur moddiy-texnik bazaga ega 68 ta akademik lisey oliy ta`lim muassasalari tasarrufiga o`tkaziladi.

2017/2018 o`quv yilidan boshlab akademik liseylarda o`qish muddati 2 yil etib belgilandi va endilikda ularga o`quv-metodik jihatdan rahbarlikni Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi amalga oshiradi;

akademik liseylarga olis hududlardan qabul qilingan o`quvchilar yotoqxona va ota-onalar tomonidan xarajatlarning qisman qoplanishi hisobiga (eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida) imtiyozli oziq-ovqat bilan ta`minlanadi;

2018/2019 o`quv yilidan qabul to`xtatiladigan akademik liseylarning 2- va 3-bosqich o`quvchilari ta`limni amaldagi o`quv dasturlari bo`yicha yakunlaydi va davlat namunasidagi akademik lisey bitiruvchisi diplomini oladi;

faoliyati tugatilayotgan akademik liseylar pedagog-xodimlarining bandligini ta`minlash maqsadida ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Oliy ta`lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlarida amalga oshiriladi;

mazkur ta`lim muassasalari binolari, er maydonlari, biriktirilgan oliy ta`lim muassasasiga, ehtiyoj mavjud bo`lmagan holda tegishli tuman (shahar)lar hokimliklariga operativ boshqaruv huquqi asosida beriladi;

akademik liseylarni o`qitish sifati, moddiy-texnik baza va malakali o`qituvchilar bilan ta`minlash, ta`lim-tarbiya jarayonini nazorat qilish, oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish ko`rsatkichlarini yaxshilash uchun shaxsiy mas`uliyat tegishli oliy ta`lim muassasalari rektorlariga yuklanadi;

oliy ta`lim muassasalari rahbariyatiga byudjetdan tashqari mablag`lari (to`lov-kontraktdan tushgan mablag`larning bazaviy to`lov-kontrakt miqdoridan oshirilgan qismi) hisobidan akademik liseylar uchun o`quv-laboratoriya, kompyuter texnikasi, darsliklar sotib olish hamda o`qituvchi va o`quvchilarni moddiy qo`llab-quvvatlash huquqi beriladi.

Akademik liseylardagi o`qituvchilik faoliyatiga soatbay haq to`lash miqdori oliy ta`lim muassasalarida mehnatga soatbay haq to`lash miqdoriga tenglashtirilishi hamda oliy ta`lim muassasalari tasarrufidagi akademik liseylar sonining optimallashtirilishi yuqori malakali professor-o`qituvchilarini akademik liseylarda dars berishga kengroq jalb qilish imkonini yaratadi.

Akademik liseylarning o`quv rejalari va o`quv dasturlari qaror talablari asosida qayta ko`rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Bandlik va mehnat munosabatlari, Xalq ta`limi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirliklari hamda mahalliy hokimliklar tomonidan faoliyati tugatiladigan akademik liseylarning ishdan bo`shaydigan o`qituvchilarini va xodimlarini belgilangan tartibda ishga joylashtirish choralari ko`riladi.

Qarorda ko`zda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi akademik liseylarda o`qitish sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni tanlash va maqsadli ta`limga yo`naltirish, oliy ta`lim muassasalariga kirish uchun munosib nomzodlarni maqsadli tayyorlashga keng yo`l ochadi.

Qarorning to`liq matni O`zAda e`lon qilindi.

Sharhlar

Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy davr boshlanmoqda

19.04.2024, 14:58

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1