O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 27 sentyabr kuni Qozog`iston Respublikasi parlamenti Senati Raisi Kasim-Jomart Tokaev boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.
Davlatimiz rahbari mehmonlarni qutlar ekan, Qozog`iston parlamenti delegasiyasining O`zbekistonga tashrifi va Oliy Majlis palatalarida o`tkazilgan samarali muzokaralar natijalari o`zaro aloqalarning mustahkamlanib borayotganidan dalolat berishini alohida ta`kidladi.
O`zbekiston Prezidentining joriy yil mart oyida Qozog`istonga va Qozog`iston Prezidentining shu oyda O`zbekistonga davlat tashriflari, shuningdek, davlatlarimiz rahbarlarining muntazamlik kasb etgan va ishonchga asoslangan muloqoti keng ko`lamli O`zbekiston –Qozog`iston munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish va ularni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilgani qayd etildi.
Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlik, jumladan, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi aloqalarni yanada faollashtirish masalasiga alohida e`tibor qaratildi.
Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan ikki tomonlama kelishuvlar va qabul qilingan qarorlar ijrosini ta`minlash hamda o`zaro manfaatli sheriklikka doir istiqbolli loyiha va dasturlarni ilgari surishda mamlakatlarimiz parlamentlari muhim o`rin tutishi qayd etildi.
Do`stlik va hamkorlik guruhlari o`rtasida muntazam uchrashuvlar o`tkazish, O`zbekiston va Qozog`iston parlamentlarining tegishli qo`mitalari o`rtasida yaqin amaliy aloqalar o`rnatish muhimligi ta`kidlandi.
Yuqori martabali mehmon Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga samimiy va mazmunli uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboevning salomi va ezgu tilaklarini etkazdi.
Kasim-Jomart Tokaev Qozog`iston Respublikasi parlamenti o`zaro do`stlik va strategik sheriklik munasabatlarini yanada mustahkamlash yo`lida O`zbekiston bilan faol va keng ko`lamli hamkorlikka tayyor ekanini yana bir bor ta`kidladi, deb yozadi O`zA.
18.03.2024, 12:51
Qozog`istondan 120 dan ortiq noqonuniy muhojir chiqarib yuborildi, deb xabar berdi Polisia.kz.“Migrant” tadbiri davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari besh kun davomida 10 mingdan ortiq migrasiya qonunchiligi...13.09.2023, 11:02
Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol o`tkazib...01.04.2023, 11:02
Qozog`istonning deportasiya qilingan ikki fuqarosi Janubiy Koreyada qochib ketdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz. Ma`lumotni Qozog`iston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati tasdiqlagan.Qozoqlarning qochishi ijtimoiy tarmoqlardan ma`lum...03.02.2023, 10:42
Joriy yil 1 fevral kuni soat 07:57 da Qozog`istonning Jualin tumani Nurlikent qishlog`i yaqinida avtobus Olmaota-Toshkent avtomobil yo`lining 570-kilometrida to`xtab qolgan. Qayd etilishicha, transport dvigatelida...