1

​Yulduz Usmonova 10 yillik sog`inchini dildan tilga chiqardi(Foto va videoreportaj)

Shou-biznes 14.04.2017, 15:18
Teglar: Foto, Konsert, Yulduz Usmonova
​Yulduz Usmonova 10 yillik sog`inchini dildan tilga chiqardi(Foto va videoreportaj)

“Sog`intirib yashagim kelar”, deya kuylaydigan O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova sog`intira-sog`intira “Ey, aziz inson” nomli 15 kunlik jonli ijrodagi konsert dasturi bilan katta sahnaga qaytdi...

Konsertni “Bahorim” qo`shig`i bilan boshlagan Yulduz Usmonova “Azizlarim, mehribonlarim, yillar o`tib, sog`lik-omonlikda diydor ko`rishganimizdan benihoya xursandman! Ochig`i, judayam hayajondaman. Diydor ko`rishishimizga sababchi bo`lganlarning hammalariga Allohdan jamiki ezguliklarni so`rab qolaman! Kecha konsertimiz uch soat davom etgandi. Bugun meni qo`llab-quvvatlab tursangiz, sizlar uchun to`rt soat xizmat qilishga ham tayyorman”, deya 10 yillik sog`inchini dildan tilga chiqardi.

Usmonova konsert avvalida “Bugungi dasturimiz milliylikka yo`g`rilgan”, deya ta`kidlagandi. Chindan ham qo`shiqlar nafaqat mazmun-mohiyati, balki sahnaga chiqayotgan har bir detal, raqslar bilan ham boyi­tilgani e`tirofga loyiq. Hatto qo`shiqqa monand tarzda katta ekranda ko`rsat­ilgan “Sen etim emassan”, “Alisher Navoiy” film­laridan lavhalar ham tomoshabinni qo`shiq ruhiyatiga olib kirishga yordam berdi.

"Alloh hazrati insonni yaratibdiki, farishtani ham xizmatiga qo`yibdi. Lekin ba`zilar insonni beshikdan boshlab qadrlashni o`rganmayapti. Oqibatda kimlardir etimlik azobini totayapti, inson insonni xor qilyapti. O`zbek millati barchaga ibrat bo`lishi kerak! Ota-bobolarimizning an`analarini davom ettirib, o`zimizdan munosib avlod qoldiraylik. Alloh e`zoz qilgan insonni biz ham qadrlaylik", deya konsert dasturini bejiz "Ey, aziz inson", deya atamaganini ta`kidlab, shu nomdagi qo`shig`ini ijro etdi.

“O`zbekni dunyo tanishi uchun o`zimizni, ajdodlarimizning kimligini bilishimiz shart! Sizlarni o`tmishga sayohat qildirsam”, deya Boborahim Mashrabni yod etib qo`shiq kuyladi. Qo`shiq boshlanishi bilan muxlislar orasidan o`tib, Mashrab siymosida sahnaga chiqqan aktyor va sahnani to`ldirgan raqqosu, raqqosalar taronaning ta`sir kuchini oshirdi.

Xonanda “Dunyo” qo`shig`ini boshga paranji tashlagancha kuylab, muxlislarni beixtiyor qo`shiq “dunyo”siga olib kirdi. Usmonova dekorasiya, sahnadagi atributlar, qo`shig`idan to liboslarigacha milliylikka alohida urg`u bergan.

Paxtakor va bog`bon qizlarga atab sahnalashtirilgan sahna ko`rinishi ham tomoshabinlarga kayfiyat ulashdi. Usmonova esa ularga bag`ishlab, "Omon-omon" qo`shig`ini kuyladi.

Kishini chuqur mulohaza qilishga undovchi qo`shiqlar bilan bir qatorda uchinchi blokdan joy olgan sho`x qo`shiqlardan iborat “popurri” muxlislarni o`ynatmay qo`ymadi.

"Qizg`aldog`im", "Binafsha" kabi qo`shiqlari bilan muxlislarga bahor taftini ulashdi.


Fakt:

  • Konsert rejissyori — Shuhrat Nuraliev.
  • Qo`shiqlarga hamohang raqslarni “Navro`z” va “Navbahor” raqs ansambllarining raqqosa va raqqoslari ijro etishdi. Bosh baletmeyster Ravshanoy Sharipova. Shuningdek, baletmeysterlar Gulmira Shirinova, Erkin Qahhorov, Zarina Ahmedovaning mehnatlarini ham alohida e`tirof etish joiz.
  • Dasturda jami 21 ta qo`shiq ijro etildi.
  • Konsert boshlovchisi O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist O`tkir Siddiqov. Dastur mehmoni qiziqchi Shukurillo Isroilov bo`ldi.

  • Bilasizmi?

  • Sahnani bahoriy tarzda be­zatgan sahna bezakchisi — Hasan Rahimov. Yulduz Usmonovaning talabiga ko`ra, zaldagi barcha tomoshabinga sahna birdek ko`rinishini ta`minlash maqsadida etti qavat katta ekrandan iborat dekorasiya tayyorlandi. Dekorasiya 9 kun mobaynida qurilgan. Sahna uchun 1300 metr oq harir matodan maxsus parda ham tikilgan.
  • Yulduz Usmonovaning liboslari dizayneri — Dilnoza Umrzoqova. Xonanda sahnada 3 ta: zamonaviy-retro, Toshkent-Farg`ona yo`nalishidagi liboslarda namoyon bo`ldi.
  • Muxlislarning erkatoy xonandasi, o`zbek estradasining primadonnasi Yulduz Usmonova sahnada chin ma`noda yashadi, mehr-muhabbatini qo`shiqqa jo qilib, evaziga olqishlar guldastasi, cheksiz samimiyatdan kelasi konsert dasturigacha etadigan kuch-quvvat ololdi. Xonandaning keyingi konsert kunlari ham fayzli va samimiy ruhda o`tishini tilab qolamiz!



    Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi.
    Fotomuxbir: Islom RO`ZIEV

    Sharhlar

    U nega qamalganini ochiqladi

    01.04.2024, 16:31

    Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Darakchi.uz ga xabar berdi.2024 yil 30 mart Toshkent...
    Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

    21.02.2024, 17:28

    Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
    ⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

    13.02.2024, 09:36

    Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
    Vayron bo`lgan uylar, jarohat olgan odamlar va ularga yordam berayotgan xodimlar… Sergelida otgan mash`um tong (fotojamlanma)

    29.09.2023, 00:10

    Bugun, 28 sentyabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahar Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan omborxonalarning birida kuchli chaqnash oqibatida yong`in sodir bo`lgani haqida xabar bergan...
    Ob-havo: Toshkent
    Valyuta kursi
    1