1

O`zbekistonda 8 mingdan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat ko`rsatmoqda

Jamiyat 20.01.2017, 16:49
Teglar: O`zbekiston
O`zbekistonda 8 mingdan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat ko`rsatmoqda

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash jamoat fondi mablag`larini boshqarish bo`yicha Parlament komissiyasi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda komissiya a`zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi, deb yozadi O`zA.

Parlament komissiyasi raisi A.Saidov va boshqalar mamlakatimizda inson huquq va erkinliklari, manfaatlari himoya qilinadigan kuchli fuqarolik jamiyati rivojlanayotganini ta`kidladi. Jamiyatda ro`y berayotgan ijobiy o`zgarishlar va erishilayotgan yutuqlarda fuqarolik jamiyati institutlarining munosib hissasi bor. Fuqarolarga huquqiy yordam ko`rsatish, siyosiy ongi va tafakkurini yuksaltirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ishga joylashtirish, keksalarni va aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qo`llab-quvvatlash va boshqa sohalarda ularning roli oshib borayotir. 

"Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari" tamoyilini hayotga tatbiq etish uchun O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi asosida demokratik talablarga javob beradigan, fuqarolik jamiyati institutlarining erkin rivojlanishini ta`minlashga qaratilgan 250 dan ortiq qonun hujjatini mujassam etgan mustahkam huquqiy baza yaratildi. Keyingi yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar nodavlat notijorat tashkilotlarini ro`yxatga olish, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini tubdan soddalashtirdi. Natijada bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat hayotining turli sohalarida 8 mingdan ziyod nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat ko`rsatmoqda. 

Fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanayotgani ular faoliyatini kengaytirish va moliyaviy barqarorligini ta`minlashda muhim omil bo`layotir. 

Yig`ilishda Parlament komissiyasi va jamoat fondining 2016 yildagi faoliyatiga oid hisoboti loyihalari hamda 2017 yilda amalga oshirishi zarur bo`lgan ustuvor vazifalari muhokama etildi. 

Parlament huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan 2016 yilda NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash, ularning turli ijtimoiy loyihalarini amalga oshirish maqsadlari uchun davlat byudjetidan 11 milliard so`m ajratilgan. 

Aytib o`tish kerakki, 2016 yilda turli yo`nalishlarni qamrab olgan 7 tanlovga davlat granti ajratilgan. Ularda 1 ming 428 loyiha, jumladan, 1 ming 264 NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari qatnashgan. Shundan 254 ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha va dasturga 6 milliard so`mdan ziyod mablag` yo`naltirilgan. 

“Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy sherikligini ta`minlashga alohida e`tibor qaratilgan. Bu borada davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida 13 loyiha uchun 2,3 milliard so`m ajratilgan. NNTlarni davlat subsidiyasi shaklida qo`llab-quvvatlash maqsadida 3,5 milliard so`mga yaqin mablag` ajratilgan. 

Umuman, NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 275 loyiha va dasturlarini davlat granti, ijtimoiy buyurtma va subsidiya shaklida qo`llab-quvvatlashga ajratilgan mablag`lar 12,2 milliard so`mga etgan. 

Yig`ilishda amalga oshirilayotgan ishlar mohiyatini ochib berish, ularni xalqqa to`laqonli etkazish zarurligiga e`tibor qaratildi. Yo`l qo`yilayotgan kamchiliklar aytilib, ularni bartaraf etish choralari belgilandi.

Sharhlar

O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin O`zbekistondagi g`ayritabiiy sovuqlar haqida fikr bildirdi (video)

18.01.2023, 11:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...
Ozarbayjon va O`zbekiston Prezidentlari Ichan qal`ani aylanishdi (foto)

22.06.2022, 15:14

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev Xiva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. Kecha bo`lib o`tgan muzokaralar yakunida davlatimiz...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1