1

Ruslan Sharipovning ayanchli ahvoldagi suratlari tarqaldi(Foto)

Shou-biznes 08.06.2016, 15:07
Ruslan Sharipovning ayanchli ahvoldagi suratlari tarqaldi(Foto)

Jurnalist Jasur Hamroev o`zining Facebook`dagi sahifasi va “Shov-shuv.uz” saytiga xonanda Ruslan Sharipovning tanib bo`lmas darajada o`zgarib ketgan va sigaret chekayotgani aks etgan suratlarni joyladi. Jasur Hamroev bu suratlarni “Bir paytlar Yulduz Usmonova duet kuylab, elga tanitgan xonanda bu! Taniyapsizmi?” deya izohladi. 

Ruslan Sharipovning mazkur suratlari internet foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama qilinmoqda. O`zini xonandaning qo`shnisiman, deb tanishtirgan internet foydalanuvchisi Ruslan Sharipov haqida quyidagilarni yozib qoldirdi: 

“Ruslan Sharipovni ko`p ko`raman, qo`shnimiz. Tumanimiz  ko`prok ruslardan iborat, shuning uchun unga ko`pchilik ahamiyat bermaydi, tanimaydi ham. Lekin turmush o`rtog`iga qoyilman, har safar Ruslan mast holatda bo`lsa ham, kiyimlari doim toza va joyida”. 

Bunga javoban yana bir internet foydalanuvchisi “balki xonandaga moddiy yordam kerakdir, uyi qaerda?” deb so`radi. 

Biroq xonandaning qo`shnisi ekanligini aytgan Facebook foydalanuvchisi Ruslan Sharipovning moddiy yordamga muhtoj emasligini ta`kidladi. 

Aksariyat internet foydalanuvchilar Ruslan Sharipovni bunday ko`rinishda suratga tushirib, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatayotganlarni qoralamoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1