1

Ilk uchrashuvda yigitlar e`tiborini tortadigan qizlardagi 4 ta jihat

SUG'DIYONA 09.02.2016, 15:55
Ilk uchrashuvda yigitlar e`tiborini tortadigan qizlardagi 4 ta jihat

Ilk uchrashuvda yigitlarning birinchi navbatda nimalarga e`tibor berishi mumkinligi haqida hech o`ylab ko`rganmisiz? Agar ularni diqqat bilan kuzatsangiz, buni aniqlash oson. Turli tadqiqotlar natijasiga ko`ra bular 4 ta banddan iborat, marhamat, ular bilan tanishing.

1. Tabassum

Qiz bola jilmayganda yanada yoqimli, jozibador bo`ladi, dunyoga baxt, mehr va muhabbat nurlarini tarqatadi.

Yuzidan tabassum arimaydigan  qiz boshqa qizlarga qaraganda odamni o`ziga ko`proq jalb etadi. Bundan tashqari, tabassum yuqumli bo`ladi, jilmaygan odamingiz sizga javoban tabassum hadya qiladi. Ammo bu tabassum sun`iy emas, tabiiy bo`lishi lozim.

2. Ko`zlar

Ko`zlar — qalb oynasi hisoblanadi. Ular egasi haqida ko`p narsalarni so`zlashi mumkin. Ko`zlar haqiqiy ohanrabo kabi atrofdagilarning diqqatini tortish xususiyatiga ega. Tadqiqotlarning ko`rsatishicha, 70 %  yigitlar birinchi navbatda qiz bolaning ko`zlariga, keyin boshqa tomonlariga e`tibor berar ekan.

3. Sochlar

Yigitlar chiroyli turmaklangan sochlarga ham e`tiborsiz bo`lishmaydi. Soch turmaklash uchun sarflagan vaqtingizga hech qachon afsuslanmang. Ko`pchilik yigitlar sog`lom, yaltiroq, silliq sochga ega bo`lgan qizlarni yosh va go`zal hisoblashadi. Nafaqat sochi uzun qizlar, balki sochi kalta bo`lsa ham uni chiroyli turmaklagan  qiz har qanday  yigitning e`tiborini tortishi mumkin. Asosiysi, bu soch turmagi avvalo o`zingizga yoqsin.

4. Tabiiylik

 Yigitlar sizning tabiiyligingizga doimo e`tibor qaratishadi. Agar sochlaringiz betartib, tirnoqlaringiz va kipriklaringiz qarovsiz ahvolda bo`lsa, ular albatta buni sezishadi. Barcha kamchiliklaringizni sezdirmay yashirishga, ularni fazilatga aylantirishga harakat qiling.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1